Manbaga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone SE 2 smartfoni taqdimotini joriy yilda o‘tkazadi, bu yaqin orada bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Smartfon yangi iPhone liniyasining kenja modeli bo‘lishi kutilmoqda, uning taqdimoti esa taxminan 11 sentyabr ekani ma’lum qilinmoqda.
Yangi mobil qurilma katta 4,6 dyuymli ekranga ega bo‘lib, 2 GB operativ xotira bilan to‘ldirilgan zamonaviy 6 yadroli Apple A11 Bionic prosessori bilan ta’minlanadi.
Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, telefon ikki asosiy kameraga ega bo‘lmaydi, chunki u hamyonbop, lekin eng yangi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Bu smartfon, birinchi navbatda aholisi qimmat telefonlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, iPhone SE 2 egalari Lightning kabeli orqali tezkor zaryad funksiyasidan foydalanishga ham umid qilishlari mumkin, biroq uni qo‘llash uchun Power Delivery texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi adapter xarid qilishga to‘g‘ri keladi.
Yangi "olma" qurilmasining narxiga oid ma’lumotlar hozircha yo‘q.
Manba: kun.uz