Dekabr oyi uchun ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi. O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.
Eng issiq kunlarda havo harorati +15 ÷ +18 darajagacha, janubda +20 ÷ +22 darajagacha ko‘tariladi.
Dekabr oyi boshlanishi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz, quruq, havo harorati kechalari +2 ÷ +7°S, kunduzlari +13 ÷ +18°S iliq bo‘lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, havo harorati kechalari 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqgacha, kunduzlari 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda (https://hydromet.uz/uz/node/4133).