Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi «buxanka» narxining oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«O‘zdonmahsulot» kompaniyasi «buxanka» narxining oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda «buxanka» narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashgani va ayrim hududlarida «buxanka» narxi 2500 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qolipli non bugungi kunda 1400—1500 so‘mdan barcha turdagi iste’molchilarga pul ko‘chirish yo‘li va turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotilmoqda.

Kompaniya tizimidagi 44 ta don korxonasi tarkibida 109 ta non ishlab chiqaruvchi korxona va sex mavjud. Ular asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan. Toshkent shahrida non va non mahsulotlari ishlab chiqarilishi, sotilishi va ta’minoti ustidan nazorat olib borish «Toshkent non» uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «O‘zdonmahsulot» tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qolipli non mahsulotlari bugungi kun holatidagi 1400—1500 so‘m narxi ishlab chiqarish xarajatlaridan kelib chiqib shakllantirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi non ishlab chiqaruvchi sexlarda tayyorlangan mahsulotlar korxona nomi va logotipi mavjud maxsus do‘konlar va bozorlar, savdo komplekslari, aholi gavjum joylardagi shaxobchalar orqali belgilangan tartib va standartlar asosida sotilishi tashkil etilgan va bu boradagi harakatlar ustidan qat’iy nazorat muntazam ravishda olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 11:05 07.11.2019. O'qildi: 2373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!