Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

“O‘zbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi

A A A
“O‘zbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi

2018 yil 10 iyuldan Xalqaro paketli kommutasiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mga pasaytirildi, deb xabar berdi “O‘zbektelekom” matbuot xizmati.

“Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sig‘imidan kelib chiqqan holdan 410 000 so‘mdan 309 550 so‘mgacha narxlanar edi. 12 iyuldan boshlab hududi va sig‘imidan qat’iy nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so‘mni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya “Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?“ degan savolga ham javob bergan. Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar uchun Internetning oxirgi narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud bo‘lib, har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Manba: sputniknews-uz.com

Kiritildi: 15:35 19.07.2018. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik