Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekona to‘y Amerikaning "Vogue" nashrida e’lon qilindi (foto)

O‘zbekona to‘y Amerikaning "Vogue" nashrida e’lon qilindi (foto)

Moda mavzusiga ixtisoslashgan Vogue onlayn-nashrida o‘zbek to‘ylaridan biri haqida maqola e’lon qilindi. To‘g‘rirog‘i, nikoh to‘yining qanday o‘tganligi rossiyalik fotograf Olya Shurigina kadrlarida aks etdi, deb yozadi “xabardor.uz”

Fotograf shu maqsadda ma’lum muddat O‘zbekistonda, Forish qishlog‘ida bo‘ldi. U yerda suratkash o‘zbek to‘yining qadrli mehmoni bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Olya Shuriginada o‘zbek ildizi bor – uning buvisi Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan va ishlagan. Olya O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishi davomida asrlar va G‘arb an’analari orasida farqni payqadi. “Ba’zida ko‘cha bo‘ylab yurish davomida erkaklar bir xilda sodda, ayollar esa doim yorqin kiyinishini sezdim”, deyiladi «Vogue»da.

Fotograf ishtirok etgan nikoh to‘yi esa ikki kun davom etgan va barcha an’analarga amal qilingan holda tashkil qilingan. Olya o‘z maqolasida nikoh jarayoni: kelin ko‘ylakni xarid qilishdan boshlab, bayram qilish bilan tugallangunga qadar – hammasi haqida hikoya qiladi. Olya kelin obrazini “Kelin Disney malikalarini yodga soluvchi oppoq ko‘ylakda edi. Uning makiyaji xuddi Kim Kardashyannikidek”, deb ta’riflaydi.

O‘zbekona to‘y Amerikaning "Vogue" nashrida e’lon qilindi (foto)O‘zbekona to‘y Amerikaning "Vogue" nashrida e’lon qilindi (foto)

Kiritildi: 22:14 08.06.2020. O'qildi: 5354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!