Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti hajmini ma’lum qildi

«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti hajmini ma’lum qildi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov juma kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida jurnalistlar bilan uchrashuvda ilk bor O‘zbekiston gaz eksporti tafsilotlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yili 13 mlrd kub metr gaz eksport qildi, 2019 yilda esa 15 mlrd kub metrdan ziyod gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan.

Jumladan, Xitoyga 8 mlrd kub metr, Rossiyaga — 4,5 mlrd kub metr, Qozog‘istonning janubiy hududlariga — 2,5 mlrd kub metr, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga — 500−550 mln kub metr gaz eksport qilinadi.

«Resurslar mavjud bo‘lgan taqdirda biz hamkorlarimiz bilan yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha muloqot qilish imkoniga ega bo‘lamiz», — dedi «O‘zbekneftgaz» rahbari.

O‘zbekistonda jami 61 mlrd kub metr gaz qazib olinmoqda. Uning 35−40 mlrd kub metri «O‘zyekneftgaz» hissasiga to‘g‘ri keladi. Bahodirjon Sidiqov avvallari gaz qazib olish bo‘yicha ma’lumotlar maxfiy hisoblanganini qo‘shib o‘tdi.

«Nima uchun men ikkita raqamni keltirdim? 35 va 40, bu — biz qazib olayotgan gaz hamda neft qazib olishni oshirish bo‘yicha turli texnologik jarayonlar uchun foydalanayotgan gazlar o‘rtasidagi farqlardir. Shuning uchun qazib olish bo‘yicha raqamlarda farq bor. Prezident qarorida [9 iyuldagi] gaz qazib olishni 42,3 mlrd kub metrga yetkazish topshirilgan, bugungi kundagi baza esa 35 mlrd kub metrni tashkil etadi. Vazifa — 7,3 mlrdga oshirish», — deya izoh berdi u.

Respublikaning gazga bo‘lgan ichki talabi taxminan 39 mlrd kub metrni tashkil etadi. Ayni paytda foydalanuvchilarning yarmi suyultirilgan gazdan foydalanishga o‘tkazilgan.

Bahodirjon Sidiqov joriy tasdiqlangan zaxiralar 20−30 yilga yetishini ma’lum qildi. «Biz, tabiiyki, har yili zaxiralar hajmining o‘sishi qazib olinayotgan gazga nisbatan ko‘proq bo‘lishi uchun kuchaytirilgan tartibda ish olib boramiz», — dedi u.

Kiritildi: 05:30 13.07.2019. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!