“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari Yuldashev G‘ayrat Abdullayevich va boshqaruv raisining rejim va kadr masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Qahramon Norbo‘ta o‘g‘li lavozimidan ozod etildi.
G‘.Yuldashev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 19 yanvar, Q.Hakimovniki esa 16 fevral sanasi bilan bekor qilindi.
E’tiborli jihati, Qaxramon Hakimov “O‘zbekneftgaz”dan avval (2021-2023 yillarda) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etish departamenti, Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi, Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan.