Bugun 28 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan suhbat o‘tkazdi

“O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan suhbat o‘tkazdi

“O‘zbekkonsert” ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Lola Yo‘ldosheva bilan uning kiyinish madaniyati bo‘yicha olib borilgan suhbat yuzasidan tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Lola Yo‘ldosheva ijrosi aks etgan video tarqaldi. Ba’zi foydalanuvchilar uning konsert libosida ko‘krak va ko‘krak uchlari shakli haddan ortiq tarzda sezilib turibdi, deb hisoblashgan. Keyinroq “O‘zbekkonsert” binosida xonandaning ushbu tashkilot vakili bilan suhbati aks etgan video paydo bo‘ldi. Videodagi erkak Lolaga tashkilot xonandani yaxshi bilishi va hurmat qilishini, unga chaqirib, ushbu harakat bo‘yicha o‘z pozisiyalarini bildirganliklarini yozishlarini aytadi.

Lola unga “O‘zbekkonsert” tanbeh berishini emas, balki ayol va san’atkor sifatida himoya qilishini istardim, deb javob bergan.

Davlat muassasasining qayd etishicha, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom” bilan tasdiqlangan pasportning lisenziya talab va shartlarida “konsert-tomosha tadbirlarida ijrochilarning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi ko‘rinish madaniyatiga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilmaslik” kabi vazifalar belgilangan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatga oydinlik kiritish maqsadida 18 aprel kuni xonanda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga taklif etilib, holat yuzasidan suhbat olib borildi. Xonandaga yana bir marta lisenziya talablari eslatildi. Shu o‘rinda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barcha san’atkorlardan sahna madaniyatiga rioya etishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:40 20.04.2024. O'qildi: 3453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!