Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zbekkonsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga so‘z berdi

"O‘zbekkonsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga so‘z berdi

Vaqtincha lisenziyadan mahrum bo‘lgan xonandalar bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqga astoydil xizmat qilish va’dasini berganliklari tufayli, ularga yana ijodga qaytishga imkon berildi, deya bayonot e’lon qilgan "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi.

Muassasa, shuningdek, ilgari ayrim sabablarga ko‘ra, ta’qiqqa uchragan xonandalarga ham davlat rahbarining g‘amxo‘rligi, bag‘rikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishga imkon berilganini eslatib o‘tgan. Lisenziyalar qaytarilishi munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda mana shu ishlarning yana bir namunasi sifatida, ayrim sabablarga ko‘ra, lisenziyalari vaqtincha to‘xtatilgan qator xonandalarga ijodni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratilgani ma’lum qilingan.

Avval xabar berganimizdek, bular xonanda Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova hamda qiziqchi Halima Ibragimovalardir.

"O‘zbekiston prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda e’tibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-g‘ayrat va shijoat baxsh etadi. Bunday e’tiborga esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarish lozim", - deya tushuntirish bergan san’atkorlarga "O‘zbekkonsert".

Kiritildi: 20:47 19.10.2019. O'qildi: 4128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!