Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“O‘zbekkino”: Yil yakuniga qadar 4 ming o‘rinli 15 ta kinoteatr qurilib foydalanishga topshiriladi

A A A
“O‘zbekkino”: Yil yakuniga qadar 4 ming o‘rinli 15 ta kinoteatr qurilib foydalanishga topshiriladi

Mazkur uchrashuv 2020 yil 31 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasiga koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan kinoteatrlar tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etilganligi munosabati bilan tashkil etildi. Unda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tanishib chiqilib, barcha kinoteatrlar belgilangan talablar va karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat yuritish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim kinoteatrlarga borib tayyorgarlik ishlari va real holat bilan tanishib chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda respublika bo‘yicha 161 ta kinoteatr mavjud bo‘lib, umumiy sig‘imi 25 500 tani tashkil etadi. Shundan 9 tasi davlat kinoteatrlari bo‘lib, 152 tasi esa xususiy kinoteatrlar hisoblanadi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar yana qariyb 4 ming o‘rinli 15 ta kinoteatrlarning qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshiriladi.

Kiritildi: 23:27 05.09.2020. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!