🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
📊 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd AQSh dollariga yoki 7,6 foizga oshgan.
📊 Tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport — 22,9 mlrd AQSh dollari (–3,4 %);
Import — 34,5 mlrd AQSh dollari (+16,3 %).
💰 Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 11,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.
🌎 Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
📊 O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (23 foiz), Rossiya Federasiyasi (16 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afg‘oniston (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.