Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi



🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 3,7 mlrd AQSh dollariga yoki 8,1 foizga oshgan.



📊 Tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport — 19,9 mlrd AQSh dollari (-3,6 %);
Import — 29,6 mlrd AQSh dollari (+17,8 %).

🤩 Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 9,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 27,7 foizga o‘sdi.



🌎 Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (22,7 foiz), Rossiya Federasiyasi (16,4 foiz), Qozog‘iston (6,6 foiz), Turkiya (3,3 foiz) va Afg‘oniston (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kiritildi: 16:34 28.08.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!