Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi. 2025 yilda mamlakat reytingi BB- dan BB darajasiga ko‘tarilgan edi. Bugungi qaror o‘tgan yilgi tarixiy muvaffaqiyatning mantiqiy davomidir.

Agentlik tahlilchilari murakkab global sharoitga qaramay, O‘zbekistonda energetika sohasidagi islohotlar, byudjet intizomi va xususiylashtirish jarayonlari qat’iy davom ettirilayotganini yuqori baholagan.

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “Ijobiy” prognoz yaqin kelajakda O‘zbekiston reytingi yanada yuqorilashini anglatadi. Bu mamlakatga ko‘proq xorijiy sarmoya jalb etish, xalqaro moliya bozorlaridan arzonroq resurslar olish va iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun xalqaro hamkorlarga kuchli signaldir.

“Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ushbu tizimli islohotlarning yagona maqsadi — har bir yurtdoshimizning hayotini yaxshilash, farovonligini ta’minlashdir. Bu yo‘lda jamoamiz bilan birga faqat olg‘a qadam tashlaymiz”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Dunyoda geosiyosiy va iqtisodiy tebranishlar kuzatilayotgan bir davrda O‘zbekistonning bunday natijaga erishishi tanlangan taraqqiyot yo‘li va islohotlar strategiyasi nechog‘lik to‘g‘ri ekanining yaqqol isbotidir. Eng muhimi, iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy mustahkamlik ijtimoiy sohalarga, ta’lim, tibbiyot va har bir oilaning kundalik hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan poydevor hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 10:48. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!