Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi endi Qirg‘izistonda faoliyat yuritadi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi endi Qirg‘izistonda faoliyat yuritadi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qirg‘iziston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka tayinlanishidan oldin, 2018 yildan buyon O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Tajribali diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oshirilgan ulkan ishlar va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Qozog‘iston Prezidentining farmoni bilan II darajali "Dostiq" ordeni bilan taqdirlangan.

Elchi Saidikrom Niyozxo‘jayev 59 yoshda. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. 2015 yilda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident Administrasiyasi va hukumat tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Saidikrom Niyozxo‘jayev 2020-2024 yillarda mamlakatimizning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 12:28. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!