Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning qaysi vazirliklarida eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlandi?

O‘zbekistonning qaysi vazirliklarida eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlandi?

Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 1-choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari haqida ma’lumot e’lon qilindi.
Ma’lumotda qayd etilishicha, 2019 yil 1-choragida 1 993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlangan.

2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd so‘m bo‘lgan).

Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (68,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 mlrd so‘m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 mlrd. so‘mi (81,2%)ni (2018 yilda 67,4%ni tashkil etgan) byudjetga tiklanishi ta’minlangan.
Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

- Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd. so‘mi (78%) byudjetga tiklandi;

- Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 3 mlrd. so‘mi (80%) byudjetga tiklandi;

- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,4 mlrd so‘mi (89%) byudjetga tiklandi;

- Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd. so‘mi (83%) byudjetga tiklandi.
Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 mlrd. so‘m), Surxondaryo (2,5 mlrd. so‘m), Farg‘ona (2,1 mlrd. so‘m), Samarqand (2,1 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (1,9 mlrd. so‘m), Andijon (1,5 mlrd. so‘m), Toshkent (1,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 mlrd. so‘m) aniqlangan.

Byudjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan byudjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi yuzasidan keng qamrovli nazorat tadbiri o‘tkazilib, unda xarajatlar smetalarida ortiqcha rejalashtirish, asossiz ish haqi to‘lash, bajarilmagan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik hamda kamomad va o‘zlashtirishlar kabi 6,6 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Nazorat tadbiri davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 mlrd. so‘m mablag‘larni byudjetga tiklanishi ta’minlanib, 0,7 mlrd. so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olingan.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanilgan.

Kameral nazorat o‘tkazilgan muassasalardan 205 tasida me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 8 mlrd.so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, nazorat tadbiri davomida asossiz va noo‘rin xarajatlardan 1,3 mlrd. so‘mini tiklanishi ta’minlandi va 2,7 mlrd. so‘m mablag‘larning asossiz sarflanishini oldi olindi hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan 5,6 mlrd. so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan 405 ta nazorat tadbirlarida 25,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo‘lib, shundan 20 mlrd. so‘mni tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni maqsadli sarflanishi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan 76 ta nazorat tadbirlarida 2,4 mlrd. so‘m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 664 mln. so‘mni tiklanishi ta’minlandi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, aniqlangan 18,9 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Kiritildi: 18:27 12.04.2019. O'qildi: 1864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!