Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning oltin eksporti 63 foizga kamaydi

O‘zbekistonning oltin eksporti 63 foizga kamaydi

2026 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 2 mlrd 803,8 mln dollarlik nomonetar oltin eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 63 foizga kam.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-iyul oylarida oltin eksporti 7 mlrd 589,1 mln dollarni tashkil etgan edi. Demak, bir yilda eksport qiymati qariyb 4,8 mlrd dollarga qisqargan.

Oltinning O‘zbekiston umumiy eksportidagi ulushi ham sezilarli pasaygan. O‘tgan yilning yetti oyida bu ko‘rsatkich 36,7 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 14,1 foizni tashkil etdi.

2026 yil yanvar-iyul oylarida mamlakatning jami eksporti 19 mlrd 931,3 mln dollar bo‘lib, yillik hisobda 3,6 foizga kamaygan. Shu bilan birga, oltinni hisobga olmaganda tovarlar eksporti 27,7 foizga o‘sib, 9,8 mlrd dollarga yetgan.

Umuman, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yetti oyda 49,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,1 foizga oshgan. Import 29,6 mlrd dollarga yetgan va tashqi savdo saldosi 9,7 mlrd dollar manfiy bo‘lgan.

Kiritildi: 18:28 28.08.2026. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!