Bugun 17 oktyabr, 2019 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtirilishi aytildi

O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtirilishi aytildi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 17ta qishloqni qaytadan gazga qo‘shish imkoniyati bor. Tumanni qayta gazga ulashning eng asosiy talabi - bu hisob tizimini joyiga qo‘yish va enenergotejamkor uskunalardan foydalanishdir, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda "O‘zbeknefgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov.

O‘zbekneftegaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, agar shu talablarga amal qilinsa, kamida 4 mingga yaqin aholi gaz bilan ta’minlanadi.

U shuningdek, gazoprovod gazi yetkazib berolmayotgan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda bunday hududlar arzon ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilayotganini aytib o‘tdi.

Sidiqov gaz narxi oshirilishi atrofida ko‘tarilgan shov-shuvlarga ham o‘z munosabatini bildirdi va gaz narxini oshirishdan ko‘zlanayotgan maqsad daromad ko‘rish emasligiga ahamiyat qaratdi.

"Mana, gaz narxi oshishi e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda vahima ko‘tarilib ketdi. Aslida oshadigan foizi - 16-17%, lekin unga ketayotgan harajat-chi? Shu kechayu-kunduzda "O‘zbekneftgaz" ichidagi muammolarni hal qilishimiz uchun biz gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak. Shu taklifni muhtaram Prezidentimizga bergan edik, lekin judayam katta tanbeh bilan qaytib chiqdik. "Mumkin emas!", deyildi. Shundan keyin ichki rezervlarimizni ko‘rdik, nima qilsak oldimizda turgan muammolarni hal etsak bo‘ladi degan savolni qayta ko‘rib chiqdik. Biz oldimizda turgan muammolarning 20 %ini narx oshirish hisobiga hal qilayapmiz, qolgan 80% ini  davlat yordami va ichki rezervlardan to‘g‘irlayapmiz", - dedi u.

Sidiqov shuningdek, gaz bilan ta’minlash masalasi qachon o‘z yechimini topishi masalasiga ham to‘xtaldi.

"Uzoq qishloqlarga gaz quvurini olib borishning iqtisodiy jihatdan foydasi yo‘q. Shu bois, gaz tarqatishni xususiy operatorga berishni rejalashtirganmiz. Balki ular boshqacha bir konsepsiya orqali gaz bilan ta’minlash tizimini to‘g‘irlashi mumkindir", - dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan "O‘ztransgaz" AJni "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibidan chiqarish va uning vazifalarini ikkita ustivor yo‘nalishga ajratish belgilangan.

Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz ta’minoti bazasida "Xududgazta’minot" AJ tashkil etilib, gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni ekspluatasiya qilish, mamlakat iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 14:07 12.07.2019. O'qildi: 2142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!