Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Kuba Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 noyabr kuni Kuba Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jozefina Vidal Ferreyro Kuba Tashqi ishlar vazirligi shtab-kvartirasida Ulug‘bek Lapasovni qabul qilgan.
Tadbirda Lapasov Kuba Respublikasi hukumatiga ishonch yorlig‘i nusxalarini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Lapasov 1982 yilning 14 oktyabrida Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2000 - 2005 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2005 - 2006 yillarda Fransiyadagi Jean Moulin Lyon 3 universitetining magistr bosqichini tamomlagan. 2018 yildan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili, 2022 yildan BMTning inson huquqlari kengashi vise-prezidenti bo‘lib ishlab kelgan.
Ulug‘bek Xidirovich Lapasov 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi va hozir ham shu lavozimda vaoliyat yuritmoqda.