Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Vakolatxona fuqarolardan hozirgi paytda shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni, Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishlarini tavsiya qildi.

Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga o‘rnatib olish so‘raldi.

«Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling», — deyiladi elchixona xabarida.

Shoshilinch yordam yoki maslahat uchun elchixonaning telefon raqamlari berildi:

03−672−2466;

03−672−2371;

03−758−5075;

03−758−5076.

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.

Eslatib o‘tamiz, Isroil dushanba kunidan beri Livanga havo hujumlarini amalga oshirmoqda. Ushbu hujumlar davomida mamlakatda kamida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok bo‘lgan, 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan. O‘z navbatida, Livanning Hizyubulloh guruhi tomonidan ham Isroilga raketalar uchirilmoqda. SAXAL ularning aksariyati urib tushirilgani, “biroq ba’zi binolar vayron bo‘lganini” ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!