Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy sherigi qaysi davlat ekanini bilasizmi?

A A A
O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy sherigi qaysi davlat ekanini bilasizmi?

2017 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 251,6 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan 143,2 millioni eksport, 108,4 millioni import mahsulotlari ulushiga to‘g‘ri keladi. 2018 yilning birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, ushbu raqamlar 146 million AQSh dollaridan ortdi. Shundan 90,4 millioni eksport, 55,7 millioni esa import ulushiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda fransiyalik investorlar ishtirokidagi 16 qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan ikkitasi 100 foiz Fransiya kapitali asosida tashkil qilingan.

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida savdo sohasida imkon qadar qulaylik yaratish rejimi amal qiladi.

2017 yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qator soha vakillaridan iborat Fransiya delegasiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Ular orasida dunyoga mashhur “Airbus”, “Thales”, “Eca group”, “IDEMIA”, “BOUYGUES Batiment International”, “Olmix”, “SNF” kompaniyalari vakillari ham bor.

2018 yil 20 iyulida Parijda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida Fransiya kompaniyalari mutasaddilari bilan 40 dan ziyod uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Bugungi kunda savdo hajmini yanada oshirish, O‘zbekiston va Fransiya bozorlariga yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish, tovar ayirboshlashdagi barqaror o‘sish sur’atiga erishish iqtisodiy hamkorlik sohasida muhim xarakterga ega. Shu maqsadda farmasevtika, neft-kimyo, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Manba: O‘zA​​

Kiritildi: 18:57 05.10.2018. O'qildi: 1988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!