Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonning yerosti boyliklari 3 trln dollarga baholandi

O‘zbekistonning yerosti boyliklari 3 trln dollarga baholandi

O‘zbekistonda ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratilib, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaganida ma’lum qildi.

Prezident yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investisiyalarni jalb etish haqida gapirdi. Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlanganini bildirdi.

“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar — oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xom ashyo bo‘lgan yerosti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”, dedi prezident.

Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi.

Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmasevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investisiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi.

Kiritildi: 18:38 18.06.2026. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!