Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni oshiriladi

O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni oshiriladi

Kelgusi 5 yilda O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 16 taga ko‘paytiriladi. Bu vazifa 2026 yil 16 fevralda tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan.

📊 Rejaga ko‘ra:
• Hozir — 34 ta;
• 2026 — 36 ta;
• 2027 — 38 ta;
• 2028 — 42 ta;
• 2029 — 46 ta;
• 2030 yilgacha — 50 ta.

Shuningdek, soddalashtirilgan viza tartibi mavjud davlatlar soni 42 tadan 60 taga yetkaziladi. Konsullik xizmatlari uchun mobil platforma yaratilib, foydalanuvchilar soni 60 mingtagacha oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!