Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonliklar uch oy davomida “inomarka”larga qancha sarflashdi?

O‘zbekistonliklar uch oy davomida “inomarka”larga qancha sarflashdi?

Joriy yilning dastlabki uch oyi davomida yengil avtomobillar importi 100 mln dollardan oshdi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun: 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgan edi. Bu davrda yuk avtomobillar importi faqatgina 51,6 foizga oshdi.

Chet el avtomobillari importining o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq. Agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz solig‘i qo‘llaniladi.

Kiritildi: 11:32 19.04.2019. O'qildi: 1912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!