Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonliklar tonirovka uchun 300 mlrddan ortiq pul to‘langan

O‘zbekistonliklar tonirovka uchun 300 mlrddan ortiq pul to‘langan

2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar 82 125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari Hukumat qaroriga asosan to‘lov sifatida undirilgan, deya xabar berdi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarori (engil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) BHMning 10 baravaridan - 2 mln 230 ming so‘mdan BHMning 5 baravariga, ya’ni 1 mln 115 ming so‘mga o‘zgartirilgan) kuchga kirgan. 

Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan, ya’ni ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan.  

Kiritildi: 12:21 19.01.2021. O'qildi: 2422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!