Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonliklar Kseniya Sobchakning qisqa videosi uchun xafa bo‘lishdi (video)

O‘zbekistonliklar Kseniya Sobchakning qisqa videosi uchun xafa bo‘lishdi  (video)

Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak yana O‘zbekistonni esga oldi. Bu safar teleboshlovchi Instagram o‘z sahifasida qiska video rolikni joylashtirdi. Videoni “olomon ichidagi yolg‘izlik” deb nomladi.

Videoda Kseniya Sobchak milliy libosda bo‘lgan o‘zbek ayollar orasida turgani aks etgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Toje snyala korotkometrajku dlya Kinotavra: «Odinochestvo v tolpe»

Publikasiya ot Kseniya Sobchak (@xenia_sobchak)

Ushbu video ostida ko‘plab o‘zbekistonliklar teleboshlovchini tanqid qilishdi.

“Sizning harakatlaringiz meni juda xafa qildi, go‘yoki Siz qandaydir mahluqni ko‘rganizdek, yoki junglyadasiz. U yerda (O‘zbekistonda tahr.) hech qanday qo‘rqinchli narsa yo‘q, u yerda oddiy, kamtarin odamlar.Siz aqlli va yuqori salohiyatli insonga bunday tutish ahmoqlik deb bilaman. Nega Siz o‘zizni Afrikada bunday tutmadingiz?! Siz tomoningizdan bu ahmoqlik bo‘lib chiqdi!!!”, - deb yozdi mushtariy.

Ko‘plab mushtariylar o‘zbekistonliklarni mehmondo‘stligini ko‘rsatib o‘tishdi.

“Ular olomon emas, ular hatto senga ahamiyat berishmayapti”, - deb yozdi boshqa foydalanuvchi.

“Aksincha, har tomonlama “olomonda yolg‘izlik” emas, balki barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “turli olam”...”, - deb izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kseniya Sobchak O‘zbekistonga tashrif buyurgandan so‘ng, Instagram sahifasida O‘zbekiston haqida taassurotlarni yozib, foto-suratlarni joylashtirishni boshladi.

Sobchak oxirgi postida bu mamlakat haqida samimiy his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekistonni “Sharq ertagi” deb atab, mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Teleboshlovchi unda “yangi hayot” boshlangani e’lon qildi.

Kseniya Sobchak Samarqandda bo‘ldi. Tashrif haqida ko‘plab foto-suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Kiritildi: 11:33 13.06.2019. O'qildi: 3232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!