Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi

O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi

O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Sirojiddin Shokirov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan. 2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.

U 17 yoshga to‘lar-to‘lmas O‘zbekistondan ketgan. Qozog‘iston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan ekstremistik oqim a’zolarining yordami bilan yashirin yo‘llar orqali Suriyaga o‘tgan va ISHIDga birlashgan, uning tarkibida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, u jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan.

Kiritildi: 23:08 12.04.2024. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!