Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolarini dunyo tan oldi

A A A
O‘zbekistonlik xotin-qizlarning ixtirolarini dunyo tan oldi

Janubiy Koreyada XI Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi (KIWIE 2018) bo‘lib o‘tdi. Koreya ixtirochi ayollari assosiasiyasi (KWIA), Koreya intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda jahonning 30 dan ziyod davlatdan 518 nafar ixtirochi xotin-qiz qatnashdi.

Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik ixtirochi ayollardan professor Karima Norqulovaning “Bolg‘achali tegirmon” nomli foydali modeliga patenti oziq-ovqat sanoati yo‘nalishi bo‘yicha “Grand Prize”ni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, K. Norqulovaning “Quritish qurilmasi” ixtirosiga patenti oltin, “Tugunaklarni quritish usuli” ixtirosiga patenti kumush medalga munosib ko‘rildi.

Doktor PhD Malohat Ilhomovaning “Bolalar poyabzali uchun profilaktik ich patak” nomli foydali modeliga hamda “Elektr o‘tkazuvchan poyabzal” ixtirosiga patenti kumush, “Qiz bolalar uchun tufli” sanoat namunasiga patenti esa bronza medalni, professor Paraxat Matyakubovaning “Sochiluvchan moddalarning issiqlik nam o‘lchagichi” ixtirosiga patenti kumush medalga loyiq ko‘rildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Innovasiya va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, professor K. T. Norqulova mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar, ixtirochi xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqaro ko‘rgazma va forum ishtirokchilari oldida ma’ruza qildi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro forum o‘tkazib, intellektual mulk sohasidagi lider ayollar akademiyasi o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari mazkur o‘quv kurslarida ishtirok etib, ixtirolarni amaliyotga joriy qilish va tijoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 14:15 10.07.2018. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!