Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik va tojikistonliklarning yarim tonna yuki Rossiyaga kiritilmadi va aeroportda yo‘q qilindi

O‘zbekistonlik va tojikistonliklarning yarim tonna yuki Rossiyaga kiritilmadi va aeroportda yo‘q qilindi

Samara viloyati (Rossiya)dagi Kurumoch aeroportida 2019 yilning noyabr oyida 29 959 dona qo‘l yuklari hamda 50 dan ortiq yog‘och konteynerlar ko‘zdan kechirilgan. Inspektorlar tomonidan 17 bor karantin fitosanitariya nazorat akti tuzilgan. Bu haqda Rosselxoznadzorning hududiy boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib sgpress.ru xabar bermoqda.

Ko‘zdan kechirish jarayonida o‘zbekistonlik va tojikistonlik 147 nafar yo‘lovchining yarim tonna yuklari – mevalar, sabzavotlar, quruq mevalar, pista va yong‘oqlar hamda katta miqdordagi quruq choylari fitosanitariya talablariga javob bermaganligi tufayli olib qo‘yilgan. Ularni Rossiyaga olib kirish ta’qiqlangan.

Mahsulotlar aeroport pechida utilizasiya qilingan.

Kiritildi: 06:44 05.12.2019. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!