Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik ustalar Lamborghini Aventador nusxasini yig‘ishdi

O‘zbekistonlik ustalar Lamborghini Aventador nusxasini yig‘ishdi

YouTube'da ko‘plab avtotyuning bo‘yicha videolarni tomosha qilgan xorazmlik ishqibozlar ulardan qolishmagan holda o‘z garajida yarim mln dollarlik premium avtomobilini yig‘ishdi.

Qimmatbaho mashinaning ruli "mers"dan start stop tugmasi "sport kar"dan, 1.8 litrlik dvigatel esa Lacetti avtomobilidan olingan. Avtomexanikning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mashinani yig‘ish uchun taxminan 45-50 ming dollar sarflangan. Avtomobil samarqandlik mijozga sotilgan.

"Sport kar"ni yig‘ish 2019 yilda boshlangan va shu kunlarda yakunlangan. Loyiha tashabbuskorlari endilikda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil etish va avtomobillarni sozlashni davom ettirishmoqchi.

Kiritildi: 13:57 22.04.2024. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!