Rossiyaning Kaluga shahrida 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoiy ishning tekshiruv jarayoni yakunlandi. O‘zbekistonlik qotillikda ayblanmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi qurbon bilan joriy yil 6 yanvar kuni ko‘chada tanishgan. 56 yoshli kalugalik yangi tanishini uyiga taklif qilgan.
Amelina ko‘chasidagi xonadonda mast holda o‘tirgan tanishlar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Mehmon pichoq bilan uy egasiga bir necha bor zarba bergan. Yetkazilgan jarohatlardan so‘ng rossiyalik vafot etgan.
Jinoiy ish ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Manba: qalampir.com