Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik qiz 10 yoshidan boshlab otasi uni zo‘rlab kelgani haqida gapirib berdi

A A A
O‘zbekistonlik qiz 10 yoshidan boshlab otasi uni zo‘rlab kelgani haqida gapirib berdi

"Repost.uz" nashri o‘zbekistonlik qizning dardlarini chop etdi. Xatning anonimligi saqlab qolingan va ism-sharif oshkor qilinmagan.

Otam vafot etganida men olti yoshda edim. Bir necha yil o‘tgach, onam boshqa bir erkakka turmushga chiqdi. Avvaliga hammasi yaxshi edi: u o‘yinchoqlar berdi, shirinliklar olib kelib, g‘amxo‘rlik qildi. O‘n yoshimda esa o‘gay otam meni birinchi marta zo‘rladi.

Birinchi marta

O‘sha kuni onam tungi smenada ishlash uchun jo‘nab ketdi. U shifokor bo‘lib ishlardi, shuning uchun u ko‘pincha uyda bo‘lmagan.

Men allaqachon uxlab qolgandim, o‘gay otam esa xonamga kirib, adyolni torta boshlaganida uyg‘onib ketdim. Keyin u ichki kiyimimni yechib, menga tegajog‘lik qila boshladi. Avvaliga u shunchaki menga yopishib oldi, keyin esa shu qadar qattiq og‘riq sezdimki, hushimdan ketdim.

Men uyg‘onganimda, hammasi tugagan edi, u hammasi yaxshi ekanligini takrorlay boshladi. Men hali ham kichkina edim va hech narsani tushunmadim. U agar men bu haqda kimgadir aytsam, onang muammolarga duch keladi, deb qo‘rqitdi.

Onam ishonmadi

Bu bir necha oy davom etdi, u har doim mast bo‘lardi. U shunchaki kelardi, kiyimlarimni yechib, meni zo‘rlardi. Og‘riqli edi, men qichqirardim, lekin hech kim eshitmasdi. Men hech narsa qilolmadim. Va har safar meni qo‘rqitib, u meni va onamni quvib chiqarishini aytardi, onam muammolarga duch kelishini yoki hatto uni o‘ldirishini aytib tahdid solardi. Men juda qo‘rqardim va shuning uchun jim bo‘ldim.

Ammo bir kuni baribir onamga aytishga qaror qildim. O‘shanda men 15 yoshda edim. U menga ishonmadi, janjal qildi va "yolg‘on gapirganim" uchun urdi. O‘gay otam esa men ularni ajratishga urinayotganimni aytdi. Men bu voqealarni uzoq vaqt boshdan kechirdim va ruhan ezildim. Uyda bo‘lganimda undan uzoqroq yurishga harakat qilardim.

Keyingi hayot

18 yoshga to‘lganimda uydan ketdim. Hozir men ruhshunosga qatnayman, chunki bir necha bor o‘z jonimga qasd qilishga urindim. Do‘stlarim meni qo‘llab-quvvatlashadi, ularsiz men uzoq vaqt yasholmasdim. Ammo bu holatdan qanday xalos bo‘lishni, bularning barchasini qanday hal qilishni hali ham tushunmayapman.

Kiritildi: 15:36 27.11.2019. O'qildi: 17524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!