Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov finalda ham qirg‘iz bokschiga yordam beradimi?

A A A
O‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov finalda ham qirg‘iz bokschiga yordam beradimi?

Parij Olimpiadasida boks bahslari yakuniga yetib bormoqda. Qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek Uulu mamlakat tarixida ilk bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Unga o‘zbekistonlik Akmal Hasanov murabbiylik qilmoqda.

8 avgust kuni -57 kg gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda qirg‘iz sportchisi bolgariyalik Xavier Ibanez ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov finalda ham qirg‘iz bokschiga yordam beradimi?

Foto: Getty Images

Aynan shu vazn toifasida bahslarda qatnashuvchi Abdumalik Halokov yarim finalda avstraliyalik Charlie Senyorga qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi.

Endi oltin medal masalasini Munarbek Seyitbek Uulu va Abdumalik Halokov hal qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek murabbiyining xizmatlari qahramonlik darajasida ulug‘lanmoqda. Foydalanuvchilar finalda ham o‘zbek murabbiyi qirg‘iz sportchisi yonida bo‘lishini xohlamoqda.

“Olamport” nashri jurnalisti murabbiydan final bahsida ham qirg‘iz sportchisiga murabbiylik qilishi mumkinligi haqida so‘radi:

“Yo‘q, Allohga shukr, finalga chiqdi. Bu yog‘iga endi kuchlisi yutsin”.

O‘zbek—qirg‘iz boks derbisi 10 avgust tunida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:35 09.08.2024. O'qildi: 3202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!