Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik migrantlarga qaysi davlatda talab yuqori?

O‘zbekistonlik migrantlarga qaysi davlatda talab yuqori?

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Axmatovning ta’kidlashicha, butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining aniq statistikasi mavjud emas, lekin oxirgi yillarda olib borilgan ishlar natijasida biroz bo‘lsa-da haqiqatga yaqin statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishga erishilgan.

“Bugungi kunda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning soni o‘rtacha 2 million atrofida. Shundan 1 million 500 mingdan ortig‘i Rossiyada, 200 mingga yaqin fuqarolar Qozog‘istonda, 70 mingga yaqini Koreyada mehnat qilmoqda”, deydi Azim Axmatov.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga ishga chiqib ketishida ma’lum qichinliklar mavjud. Ayrim davlatlar migrantlardan kirish vizasini, boshqalari esa ishlash vizasini talab qiladi. Tabiiyki, o‘zbekistonlik migrantlarning asosiy qismi viza talab etilmaydigan, ortiqcha hujjatbozliklardan xoli mamlakatlarga kirib bormoqda. Bularga Qozog‘iston, Rossiya va MDHning boshqa davlatlari kiradi.

Azim Axmatovga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘istonda qurilish ishlari ko‘p bo‘lgani sababli, erkaklarga talab yuqori. Uy xizmatchilari va enagalarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar uchun ish topish va ishga joylashish oson.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 90 mingga yaqin, Novosibirskda 200 ming, Samarada 100 ming nafar, Ufada 70 ming nafar, Chimkent 100 ming, Istanbulda 300 ming o‘zbekistonlik ishlamoqda.

Kiritildi: 18:53 16.09.2020. O'qildi: 6299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!