Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik fuqaro Qirg‘iziston chegarasida qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik fuqaro Qirg‘iziston chegarasida qo‘lga olindi

Jalolobod viloyatining Atana qishlog‘ida chegara hududini noqonuniy kesib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Knews xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonlik erkak Qirg‘izistonga o‘tmoqchi bo‘lgan. Unda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan. Tekshiruvlar natijasida esa yonida 10 gramm nasha borligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar tuzilganidan keyin qo‘lga olingan fuqaro Qirg‘iziston respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Jalolobod tumani bo‘limiga topshirilgan.

Kiritildi: 16:23 22.02.2019. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!