Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik bokschining raqibi jangdan bosh tortdi

O‘zbekistonlik bokschining raqibi jangdan bosh tortdi

O‘zbestonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 15 mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq jangga 2 kun qolganida raqib o‘zgardi.

O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining xabar qilishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga Bahodir Jalolovga amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi.

Ta’kidlanishicha, jang sanasi o‘zgarmagan. Raqiblar AQShning Kaliforniya shtatida ringga ko‘tarilishadi.

Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut uchratgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut.

Kiritildi: 15:07 14.03.2019. O'qildi: 2131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!