Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik ayol o‘qituvchi Rossiyada soxta diplom bilan dars berib yurgan ekan

O‘zbekistonlik ayol o‘qituvchi Rossiyada soxta diplom bilan dars berib yurgan ekan

Rossiya IIV Volgograd viloyat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ishga joylashish uchun soxta diplomdan foydalangan.

Uning mutaxassisligi biolog-ekolog bo‘lgan, bu esa unga katta maslahatchi sifatida ishlash huquqini berardi. Biroq maktabda ishlash uchun professional malaka oshirish diplomini talab qilishdi. Ayol 2015 yilda Ural malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti ning soxta diplomini sotib oldi. Bu unga maktabda ingliz tili va kimyodan dars berish imkoniyatini berdi. Hujjatlar unga 24 ming rubl (330 dollar)ga tushdi. Bir yil o‘tgach, Ilovlinsk tumanidagi uchta maktabda ingliz tilini o‘rgandi. Ulardan birida u sinf o‘qituvchisi bo‘ldi.

O‘tgan yili 30 ming rubl (400 dollardan ortiq) evaziga u ayol yana Qozon (Volga) federal universiteti ning soxta diplomini sotib oldi. Shundan so‘ng ayol ko‘proq kimyo fanidan dars o‘ta boshladi.

Ammo o‘zbekistonlik ayol o‘qituvchining qing‘ir ishlari fosh bo‘ldi. Unga nisbatan Bila turib soxta hujjatdan foydalanish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prokuratura ayblov xulosasini tasdiqladi va tez orada ish sudga topshiriladi.

Kiritildi: 16:18 17.05.2019. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!