Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik ayol Moskvadagi metro bekati yonida o‘zining chaqalog‘ini tashlab ketdi

O‘zbekistonlik ayol Moskvadagi metro bekati yonida o‘zining chaqalog‘ini tashlab ketdi

Rossiya poytaxti Moskvadagi metro bekati oldida 12 fevral, chorshanba kuni, 2-3 oylik chaqaloq qoldirib ketilgan. Keyinroq o‘z bolasini qoldirib ketgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ayol Rossiyaga O‘zbekistondan borgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lumotida ayolning fuqaroligi ko‘rsatilmagan. Ta’kidlanishicha, u tarjimon yordamida so‘roq qilingan.

So‘roq aks etgan video «REN TV» tomonidan e’lon qilingan. Unda o‘zbek tilidagi gaplar eshitilgan. Ayol aybini tan olib, qiyin moliyaviy ahvoli sababli bolani tashlab ketganini aytgan.

Ikki yoki uch oylik bo‘lgan bola 12 fevral kuni «Park pobedi» metro bekati yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichdan topilgan. Uni metro xodimi topib olgan. Chaqaloq kasalxonaga yuborilgan, ayni paytda uning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmayapti.

Uni tashlab ketgan ayol kuzatuv kameralarida qayd etilgan. Ko‘p o‘tmay ayol shahar atrofida qo‘lga olingan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bola kasalxonadan chiqarilganidan keyin ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuboriladi.

Kiritildi: 10:10 15.02.2020. O'qildi: 2269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!