Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonlik ayol Istambul shifoxonasida vafot etdi

O‘zbekistonlik ayol Istambul shifoxonasida vafot etdi

Turkiyada shifoxonada o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, sog‘ligi holatining keskin yomonlashgani sababli Turkiyaning Istambul shahridagi “Göztepe Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasiga davolanishga yotgan O‘zbekiston fuqarosi G.N. 13 iyul kuni vafot etdi.

“Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.”, - deyilgan xabarda.


 

Kiritildi: 05:17 18.07.2019. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!