Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga o‘tgan sakkiz oyda qancha xorijlik sayyoh keldi?

O‘zbekistonga o‘tgan sakkiz oyda qancha xorijlik sayyoh keldi?

Yurtimizda o‘tgan sakkiz oyda 3,4 million xorijlik mehmon (o‘sish 126 foiz) keldi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Vaholanki, 2017 yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 1,5 mln. kishi edi. A. Abduhakimovning aytishicha, ayni chog‘da O‘zbekistonga keladigan xorijlik sayyohlar soni yil oxiriga qadar ilgari kutilganidek 3,3 mln. emas, balki 4,8 mln. kishiga yetishi prognoz qilinyapti. Turistik xizmatlar eksporti esa 8 oy ichida 666,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (327,3 mln. dollar) ikki barobar ko‘pdir.

Mamlakatimizda turistik oqimni ko‘paytirish uchun elektron viza berish tizimi takomillashtirilyapti. Ikki martalik va ko‘p martalik vizalar, shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan kombinasiyalashtirilgan viza berish tizimi shular jumlasidandir.

Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, avtobus yo‘nalishlari va temir yo‘l reyslarini yo‘lga qo‘yish, viloyat markazlaridagi aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallarni bog‘lovchi yangi yo‘nalishlar ochish orqali qo‘shni davlatlar bilan transport qatnovlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.

Uning aytishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi S.Badak bilan birgalikda O‘zbekistonda 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini shakllantirish boshlandi. Unda maqsadli parametrlarga erishish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” har yili tasdiqlanib borilishi nazarda tutilyapti.

Kiritildi: 15:56 14.09.2018. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!