Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar jiddiy ogohlantirildi

O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar jiddiy ogohlantirildi

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga borishni xohlovchi fuqarolari uchun ba’zi ma’lumotlarni e’lon qildi.

GFR TIV fuqarolarni gepatit A, ko‘kyo‘tal, qizamiq kasalliklariga qarshi emlanishlarini tavsiya qilgan. Shuningdek, sayyohlardan sil va quturish kasalliklaridan ehtiyot bo‘lishlari hamda mahalliy shifokorlar xizmatidan foydalanilmasliklari so‘ralgan.

Vazirlik O‘zbekistonda ich terlama, OIV, me’da faoliyatining buzilishiga chalinish mumkinligini ta’kidlagan.

Germaniyalik sayyohlarga o‘zlari bilan qo‘llanmasi ingliz tilida bo‘lgan dorilar olvolish tavsiya qilingan. Agarda dorilar tarkibida narkotik moddalar bo‘lsa, bu haqda bojxona deklarasiyasida aytib o‘tishlari zarurligi qayd etilgan.

TIV O‘zbekistonda tibbiy xizmat yevropa standartlariga mos kelmasligi, bu yerda shifokorlar xorijliklardan davolangani uchun naqd pul so‘rashlarini alohida ta’kidlagan.

Bundan tashqari, sayyohlar yetarlicha tibbiy sug‘urtani g‘amlab olishlari zarurligi qayd etilgan. Sug‘urta og‘ir kasallikka uchragan holatda tezlik bilan Hindiston, BAA yoki Yevropaga ketish uchun kerak bo‘ladi.

Germaniya TIV vatandoshlariga mahalliy yo‘llar va avtomobillarning sifati yaxshi emasligi uchun mashinadan foydalanmaslikni maslahat bergan. Shu bilan birga haydovchilar YHX qoidalarini ko‘p hollarda buzgani uchun halokatlar ham ko‘pligi qayd etilgan.

Sayyohlarga kechki vaqtda yolg‘iz ko‘chada, bozor va odamlar ko‘p joylarda aylanib yurmaslik tavsiya qilingan. Hamda o‘g‘rilardan ehtiyot bo‘lish kerakligi aytilgan.

Bularning barchasiga qaramay, GFR TIV O‘zbekistonni tinch va ekstremizmdan holi mamlakat deb atagan.

Kiritildi: 10:45 20.01.2019. O'qildi: 4768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!