Son Xin Min Janubiy Koreya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu haqda Yonhap News xabar berdi.
6 oktyabr kuni hujumchi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida milliy jamoa safidagi 59-golini urdi. 34 yoshli Son uchrashuvning 6-daqiqasida jarimadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berib, hisobni ochdi.
Futbolchi o‘tgan dushanba kuni Urugvayga qarshi uchrashuvda Chxa Bom Ginning gollar soniga tenglashgan edi. Yangi rekordni o‘rnatish uchun unga yana ikki uchrashuv kerak bo‘ldi. Son Xin Min Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi ham hisoblanadi — uning hisobida 151 ta uchrashuv bor.
Sonning milliy jamoadagi debyuti 2010 yil 30 dekabr kuni Suriyaga qarshi uchrashuvda bo‘lgan. U Janubiy Koreya terma jamoasi uchun ilk golini 2011 yil 18 yanvar kuni Osiyo Kubogida Hindistonga qarshi o‘yinda urgan.
Son Janubiy Koreya terma jamoasi safida 2014, 2018, 2022 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, 2011, 2015, 2019 va 2023 yilgi Osiyo kuboklarida ishtirok etgan.