Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga 8 oyda 30 mingga yaqin italiyaliklar keldi

O‘zbekistonga 8 oyda 30 mingga yaqin italiyaliklar keldi

2026 yilning yanvar–avgust oylarida Italiyaning 28,2 ming nafar fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tashrif buyurganlarning asosiy qismi mamlakatga sayyohlik uchun kelgan. Bu maqsaddagi tashriflar soni 26,9 ming nafarni tashkil etgan. Xizmat yuzasidan O‘zbekistonga 668 nafar Italiya fuqarosi kelgan.

Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 543 nafar, o‘qish uchun 70 nafar Italiya fuqarosi tashrif buyurgan. Tijorat maqsadida kelganlar soni esa 3 nafarni tashkil etgan.

Kiritildi: 18:56 06.10.2026. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!