🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 5 422 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan.
🤩 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 129 kishiga yoki 2,3 foizga kamaygan.
🌍 Xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Qozog‘iston Respublikasi — 83,0 %;
Rossiya Federasiyasi — 14,1 %;
Koreya Respublikasi — 0,8 %;
Qirg‘iz Respublikasi — 0,6 %;
boshqa davlatlar — 1,5 %.
🇺🇿 Hududlar kesimida xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 899 nafar;
Toshkent viloyati — 1 431 nafar;
Navoiy viloyati — 1 203 nafar;
Toshkent shahri — 492 nafar;
Xorazm viloyati — 79 nafar;
Buxoro viloyati — 59 nafar;
Jizzax viloyati — 50 nafar;
Samarqand viloyati — 48 nafar;
Sirdaryo viloyati — 39 nafar;
Namangan viloyati — 37 nafar;
Farg‘ona viloyati — 28 nafar;
Andijon viloyati — 27 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 21 nafar;
Surxondaryo viloyati — 9 nafar.