23 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da O‘zbekiston tarixida ilk marta aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha janglar o‘tkaziladi. Unda GFC promouterlik kompaniyasining GFC 20 turniri tashkil qilinadi.
Mazkur jang oqshomi O‘zbekistonning bir yo‘la ikkita telekanali orqali translyasiya qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, turnir “Zo‘r TV” va “Sport” telekanllari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Janglar 18:00da boshlanadi.
Mazkur turnir davomida juda ko‘plab o‘zbekistonlik MMA ustalari, jumladan, Nursulton Ro‘ziboyev, Avliyoxon Hamidov, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Akmal Amirov, Jamshid Rahmonaliyev, Muzaffar Rajabov va Amin Ergashev kabi jangchilar oktagonga chiqishadi.
Jang oqshomida UFC yo‘nalishi bo‘yicha chempion Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.