Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Vahimalar o‘rinlimi? O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida bayonot berdi

Vahimalar o‘rinlimi? O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida bayonot berdi

Kuni kecha, 5 dekabr kuni soat 16.38 da Hazrati Imom dahasida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi binosida yirik bo‘lmagan yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa qurilayotgan bino yerto‘lasida joylashtirilgan issiqlik ushlovchi (penoplast) materiallarining yonishi oqibatida sodir bo‘lgan. Bu haqda Aniq.uz saytiga O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taxminan 100 kv.m. maydonda bo‘lgan yong‘in Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari xodimlari tomonidan soat 17:00 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida binoning konstruktiv holatiga zarar yetmagan, talofat ko‘rganlar yo‘q.
Yong‘inga sabab bo‘lgan qurilish materiali o‘zidan juda ko‘p tutun chiqarish xususiyatiga egaligi sababli, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ba’zi surat va lavhalar aholi orasida noo‘rin vahima keltirib chiqargan.
Markaz binosining qurilish va jihozlash ishlari rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:35 06.12.2019. O'qildi: 3622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!