Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistondagi ilk AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi ilk AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

2018 yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi Xususan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3ta maydonda olib borildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda  O‘zbekiston Respublikasi hududida AES qurilishini  amalga oshirish loyihasini nazorat qiluvchi Respublika ishchi guruhining qo‘shma majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish Agentligining ilmiy – texnik va ekspertlik kengashi qarori, shuningdek, mutaxassissilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib, AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi", - deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda tanlangan maydonni tasdiqlash hamda lisenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va  loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17 may kuni “Rosatom” davlat korporasiyasining muhandislik bo‘limiga tegishli “Atomstroyeksport” AJ bilan texnik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur jarayonning dasturini ishlab chiqish hamda xodimlar va texnika mobilizasiyasi bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Kiritildi: 17:34 31.05.2019. O'qildi: 2581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!