Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda yanvar oyining 10 kunida 107 ta YTH yuz berdi, 35 nafar inson halok bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar oyining 10 kunida 107 ta YTH yuz berdi, 35 nafar inson halok bo‘ldi

IIV YHXB axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020 yilning 1-10 yanvar kunlari sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida jami 107 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ular oqibatida 100 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan va 35 nafar inson yo‘llarda halok bo‘lgan.

YTHlar hududlar bo‘yicha:

Toshkent shahrida - 10 ta

Toshkent viloyatida - 20 ta

Sirdaryo viloyatida - 2 ta

Jizzax viloyatida - 11

Samarqand viloyatida - 3

Navoiy viloyatida - 3 ta

Buxoro viloyatida - 6 ta

Farg‘ona viloyatida - 11 ta

Andijon viloyatida - 7 ta

Namangan viloyatida - 11 ta

Qashqadaryo viloyatida - 6 ta

Surxondaryo viloyatida - 9 ta

Xorazm viloyatida - 2 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 6 ta.

Yo‘l-transport hodisalaridan 35 tasida harakat ishtirokchilari yo‘lning qatnov qismini belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi, 18 tasida tezlikni belgilangan me’yoridan oshirib yuborishi, 14 tasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketishi, quvib o‘tish qoidasini buzishi, 7 ta holatda esa yo‘nalishni o‘zgartirishi, 6 ta holatda chorrahadan o‘tish qoidalarini buzishi, 4 ta holatda haydovchilar tomonidan piyodalar o‘tish joyini mensimasligi, 1 ta holatda oraliq masofasini saqlamaslik va 22 ta holat boshqa qoidabuzarliklar natijasida sodir bo‘lgan.

Umumiy 107 ta YTHdan 103 tasi haydovchilar aybi bilan, 4 tasi piyodalar aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Kiritildi: 18:35 16.01.2020. O'qildi: 1936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!