Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda yana 86 kishida koronavirus aniqlandi, 151 nafar bemor sog‘aydi

O‘zbekistonda yana 86 kishida koronavirus aniqlandi, 151 nafar bemor sog‘aydi

2020 yil 30 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 628 (+86) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining: 
📌51 nafari Toshkent shahrida, 
📌15 nafari Sirdaryo viloyatida, 
📌13 nafari Andijon viloyatida, 
📌7 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

♻️Bugun ayni paytga qadar: 
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
📌 Andijon viloyatida 13 nafar, 
📌Jizzax viloyatida 8 nafar, 
📌Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 6 nafar, 
📌Namangan viloyatida 9 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 6 nafar, 
📌Sirdaryo viloyatida 23 nafar, 
📌Surxondaryo viloyatida 6 nafar, 
📌Farg‘ona viloyatida 13 nafar, 
📌Toshkent shahrida 57 nafar bemor tuzaldi.
 
Shunday qilib, yurtimizda 63 864 (+151) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 201 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 

Kiritildi: 17:08 30.10.2020. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!