Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda o‘yin o‘tkazgan Karim Benzemani muxlislardan biri jarohatlashiga sal qoldi

A A A
O‘zbekistonda o‘yin o‘tkazgan Karim Benzemani muxlislardan biri jarohatlashiga sal qoldi

Saudiya Arabistoni chempioniga aylangan “Al-Ittihod” futbol jamoasi Toshkentda O‘zbekistonning «AGMK» jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi muxbiri.

Jahonga mashhur futbolchi, “Al-Ittihod” sardori Karim Benzema Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda ishtirok etish uchun keldi. Muxlislar O‘zbekiston poytaxtida sportchilarni iliq kutib olib, sovg‘a-salomlar topshirdilar.

Keyin “Al-Ittihod” hamda O‘zbekistonning «AGMK» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yinda saudiyalik futbolchilar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ushbu uchrashuv muxlislar tomonidan qiziqarli voqealar bilan esda qoldi. Xususan, uchrashuv vaqtida Karim Benzemaning muxlislaridan biri maydonga yugurib chiqib, futbolchi tomon yugurdi. Shu tariqa, fuqaro futbolchiga yetib borish chog‘ida yiqilib, Karim Benzemaning oyog‘ini jarohatlashiga sal qoldi. Keyinroq uni stadiondan haydab yuborishdi.

Kiritildi: 22:47 28.11.2023. O'qildi: 3492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!