Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan 1,1 milliard dollarlik tabiiy gaz xarid qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga ko‘p. Import tarkibida, ayniqsa, suyultirilgan gaz hajmi 3,6 barobarga keskin ortib, 105,4 million dollarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, gaz eksporti sezilarli darajada qisqardi. Yil boshidan buyon eksport ko‘rsatkichi 36,2 foizga kamayib, 279,7 million dollar atrofida bo‘ldi. Shunga qaramay, iyulda eksport hajmi biroz jonlanib, 46,8 million dollarga yetdi.